1 1 1

Yangiliklar

Bugun "Voy bo'" klipi saytimizdan o'rin oldi!
Sana: 30.11.2014
Zoirbek ijod qilishda sira to'xtayotgani yo'q. Doimiy ravishda yangidan yangi qo'shiqlariniyu hamda kliplarini keng ommaga taqdim etib bormoqda. Zoirbekdan navbatdagi taqdim etiladigan klip "Voy bo'" nomli taronasiga Dilmurod Agzamov tomonidan suratga olingan klipdir. Mazkur qo'shiq mat muallifi Kamron hisoblanadi. Musiqiy sayqal esa Saidumar Imomxo'jaev tomonidan berilgan. Saytni "Video" bo'limi orqali klipni ko'chirib olishingiz mumkin.
Yangi tarona va unga klip!!!
Sana: 16.11.2014
Zoirbek yana bir yangi taronasi o'z muxlislariga taqdim etish uchun hozirlik ko'rmoqda. Navbatdagi tarona sho'x ohangda jarang sochadi va u "Yor ayla" deb nomlanadi. Mazkur qo'shiq matni va musiqasini Zoirbekning doimiy hamkoriga aylanib ulgurgan, bir qator qo'shiqlari muallifi hisoblangan Siyovush yozgan. Qo'shiq uchun klip ham suratga olingan bo'lib, uning rejissori Rauf Nabiev hisoblanadi. Ayni damda klip montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
Yangi "Do'st" klipini qarshi oling!
Sana: 05.11.2014
Bugun Zoirbek o'zining navbatdagi klipini keng ommaga taqdim etmoqda. Kamron so'zi, Saidumar Imomxo'jaev musiqasi bilan ijro etilgan "Do'st" taronasiga suratga olingan klipni saytimizning "Video" bo'limidan ko'chirib olishingiz mumkin. Darvoqe, mazkur klip rejissori Dilmurod Agzamov hisoblanadi.
<< | < | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | > | >>