1 1 1

Yangiliklar

Yangi videolarni qarshi oling!!!
Sana: 30.03.2015
Bugun saytimizdan Zoirbekning yangi videolari o'rin oldi. Ushbu videolarning biri "Habibim" taronasiga ishlangan yangi talqindagi videoklip bo'lsa, ikkinchisi Kamron so'zi, Saidumar Imomxo'jaev aranjirovkasi bilan ijro etilgan "Yoshlik" taronasiga Rauf Nabiev tomonidan klip suratga olish jarayonidan tayyorlangan videodir. Har ikki videoni ham saytimizning "Video" sahifasida tomosha qilishingiz va ko'chirib olishingiz mumkin.
Yana yangi tarona va klip: "Yor ayla"!!!
Sana: 17.12.2014
Zoirbek o'zining navbatdagi taronasi va klipini taqdim etadi. Uning yangi taronasi "Yor ayla" deb nomlanadi. Siyovush Ramazonov musiqiy sayqali va so'zi bilan kuylangan mazkur taronaga Rauf Nabiev tomonidan klip ham suratga olingan. Klipda kompyuter grafikasidan keng foydalanilgan. Marhamat, yangi tarona va klipni qarshi oling va unga baho bering!!!
Bugun "Voy bo'" klipi saytimizdan o'rin oldi!
Sana: 30.11.2014
Zoirbek ijod qilishda sira to'xtayotgani yo'q. Doimiy ravishda yangidan yangi qo'shiqlariniyu hamda kliplarini keng ommaga taqdim etib bormoqda. Zoirbekdan navbatdagi taqdim etiladigan klip "Voy bo'" nomli taronasiga Dilmurod Agzamov tomonidan suratga olingan klipdir. Mazkur qo'shiq mat muallifi Kamron hisoblanadi. Musiqiy sayqal esa Saidumar Imomxo'jaev tomonidan berilgan. Saytni "Video" bo'limi orqali klipni ko'chirib olishingiz mumkin.
<< | < | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | > | >>