1 1 1

Yangiliklar

Zoirbek "Katta odam" filmiga saundtrek kuyladi!
Sana: 31.05.2015
Ijodiy izlanishlardan sira to'xtamayotgan xonanda Zoirbek yangi suratga olingan kinokartinalardan biri uchun maxsus saundtrek tarona ham kuyladi. Qaysi filmga, deysizmi? "Katta odam" kinokartinasi uchun!!! Mazkur filmda bosh rollarda Muhammadiso Abdulhayirov hamda Zuhra Solieva kabi aktyor va aktrisalarni ko'rishingiz mumkin. Yaqin kunlarda saundtrek taronani ham siz azizlarg taqdim etamiz.
Yangi tarona va klip: "Ruhsora"!!!
Sana: 23.05.2015
Saytimiz sahifalaridan Zoirbekning yana bir yangi taronasi va unga suratga olingan klip o'rin oldi. Yangi qo'shiq Siyovush Ramazonov matniva musiqasi asosida kuylangan bo'lib unga "Magic Pro Production studio" ijodkorlari klipmeyker Navfal Yunusxo'jaev hamda operator Jahongir Ibragimovlar tomonidan klip suratga tushirildi. Trek uslubida suratga olingan mazkur klipda O'zbekiston Respublikasi xalq artistlari Aziza Begmatova va Rajab Adashev, yosh aktyorlardan Madina va Ta'lat Yo'ldoshevlarni ko'rishingiz mumkin.
"Yoshlik" taronasini va klipini qarshi oling!!!
Sana: 05.04.2015
Bir necha kun avval Zoirbek ijrosidagi "Yoshlik" taronasiga klip suratga olish jarayonidan tayyorlangan videoni taqdim etgan edik. Mana bugun esa mazkur klipni ham qarshi olishingiz mumkin. "Yoshlik" taronasiga suratga olingan klip rejissori Rauf Nabiev hisoblanadi. Klipni saytimizning "Video" sahifasidan qarshi olishingiz mumkin.
<< | < | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | > | >>